- intellektual mulk sohasiga oid huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish,
- aholiga intellektual mulkka tegishli qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini etkazish,
- aholining hukuqiy savodxonligini oshirish hamda jamiyatda intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqqa nisbatan hurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.
- aholining turli qatlamlari, shu jumladan tadbirkorlar va yoshlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish choralarini ko‘rish;
- Markazda ilmiy tadqiqot ishlarini o‘z vaqtida bajarilishini va hisobotlarini topshirilishini nazorat qilish;
- Markaz ish rejalarida ko‘rsatilgan targ‘ibot tadbirlarini (seminar, konferentsiya, trening, davra suhbatlari va boshqalar) tashkil etishni ta’minlash;
- Intellektual mulk agentligi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti o‘rtasida imzolangan memorandum asosida respublikada tuzilgan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari (TIQQM) bilan o‘qish va targ‘ibot tadbirlarini (trening, seminar, konferentsiya, davra suhbatlari va boshqalar) tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish.