O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining “Intellektual mulk consultativ markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi o'rinlarda "Intellektual mulk consultativ markazi" davlat unitar korxonasi deb yuritiladi) - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 iyuldagi “O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4380-son, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 oktyabrdagi 215-son va 2019 yil 20-iyuldagi 609-son qarorlariga muvofiq tashkil etilgan tijorat korxonasi.
("Intellektual mulk consultativ markazi" davlat unitar korxonasi) Yuklab olish (pdf) (39 kb)
- intellektual mulk ob'yektlarini huquqiy muhofaza qilish, tijoratlashtirish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasida mualliflar, huquq egalari, tadbirkorlik sub'yektlari hamda boshqa manfaatdor shaxslarga konsultativ yordam ko'rsatish;
- xo'jalik yurituvchi sub'yektlar, ilmiy-tadqiqot muassalari, tashkilotlar, tadbirkorlik sub'yektlariga va aholining keng qatlamiga shartnoma asosida intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni rasmiylashtirish va boshqa sohaga oid hizmatlarni ko'rsatish;
- intellektual mulk ob'yektlarining huquqiy muhofaza qilish, tijoratlashtirish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish holatini ilmiy-amaliy tahlil qilish, ushbu sohasini rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
- jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish va intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlarida ishtirok etish, ushbu yo'nalishda tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish;
- O'zbekistonda tehnologiya va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlari tarmog'ini tashkil etish loyihasini amalga oshirishda koordinator funksiyalarini bajarish va ushbu markazlar faoliyatiga ko'maklashish;
- tadbirkorlik sub'yektlari, davlat va xo'jalik boshqaruv organlari, aholi keng qatlamining intellektual mulk sohasidagi bilimlari va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish, seminar, trening, konferensiya va boshqa tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazish bo'yicha hizmatlar ko'rsatish;