Jamoa uchun sayohat tashkil etildi

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Bo'stonliq tumanlarida juda ko'p sanatoriy-profilaktriylar, dam olish uylari va pansionatlar joylashgan. Yozning jazirama kunlarida bu erga respublikamizning barcha hududlaridan juda ko'plab dam oluvchilar tashrif buyurishadi.

“IP-CENTER” DUK o'quv markazi xodimlaridan iborat guruh ham joriy yilning 4 avgust kuni Bo'stonliqning Chorvoq suv ombori bo'yida joylashgan dam olish maskanlaridan biri - «Yusufxona.uz»da bir kunlik sayohatda bo'lib qaytishdi.

Sayohat korxonaning kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan tashkil etildi. Xodimlar bir kunlik sayohatni juda ko'ngilli va mazmunli o'tkazdilar. «Yusufxona.uz» dam olish maskanida dam oluvchilar uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan: toza-ozoda basseynlar, futbol maydonchasi, stol tennisi, bolalar maydonchasi mavjud, xizmat ko'rsatish yuqori darajada.

O'quv markazining ahil jamoasi ushbu sayohatdan juda mamnun bo'ldilar. “Yaxshi dam – mehnatga hamdam” deganlaridek, ular ham ushbu sayohatdan mehnat faoliyatini unumli va samarali davom ettirish uchun kuch-quvvat yig'ib qaytishdi.