Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti


Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi

2019 yil 6 noyabrda Toshkent Davlat texnika universiteti bazasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi va Agentlik qoshidagi "Intellektual mulk konsultativ markazi" davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi” (TIQQM) tashkil etildi.

TIQQM Universitet bazasida tashkil etilgan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan innovatsion tuzilma hisoblanadi.

TIQQM quyidagi hujjatlarga asoslangan holda tuzilgan:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 noyabrdagi 3365-son Qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar”;

– 2017 yil 6 oktyabrda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi o‘rtasida imzolangan «O‘zbekiston Respublikasida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish bo‘yicha Memorandum”;

– 2019 yil 6 noyabrda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida TIQQMlarini tashkil etish” loyihasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi markaz - «"Intellektual mulk konsultativ markazi" DUK va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasidagi Hamkorlik bitimi”.

Mazkur TIQQM intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish sohasida TIQQMlari xizmatlaridan foydalanuvchilarga axborot va ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish orqali O‘zbekiston Respublikasining innovatsion salohiyatini oshirish maqsadida tuzildi.

TIQQMning vazifalari:

- ixtirolar va foydali modellar bo‘yicha patent olish, jumladan RST protsedurasi bo‘yicha patentlarni xalqaro muhofaza qilishga ko‘maklashish;

- ilmiy-texnik axborotlardan, jumladan intellektual mulk sohasidagi ixtisoslashtirilgan ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, innovatsion faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlari va individual ixtirochilarga IMA hamda BIMTning patent va nopatent axborot resurslari, shuningdek, boshqa axborot resurslariga kirish imkoniyatiga erishishda yordam ko‘rsatish orqali mamlakatning innovatsion tarqqiyotiga xizmat qilish;

- intellektual faoliyat natijalarini yaratishni va ulardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish;

- intellektual mulk natijalaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish nazariyasi hamda amaliyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferentsiyalar va o‘quv seminarlari tashkil etish, ularga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazishda, shuningdek, intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi asoslari to‘g‘risdagi ilmiy-uslubiy va axborot materiallarini tarqatishda ishtirok etish orqali jamiyatda innovatsion faoliyatni targ‘ib qilish va ommalashtirish;

- huquqiy muhofazaga ega bo‘lgan intellektual mulk ob’ektlarini ularni xalqaro bozorga kiritish bilan birga kelgusida kommertsializatsiya qilish maqsadida texnologiyalar transferini amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatish.

TIQQM Universitet xodimlariga (bepul va birinchi navbatda), innovatsiyalar va texnologiyalarni tadbiq etish bo‘yicha kontragentlarga, shuningdek, chet tashkilotlar, xususiy tadqiqotchilar va boshqa barcha manfaatdor shaxslarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

- universitetning, shuningdek, chet tashkilotlar, xususiy tadqiqotchilar va boshqa barcha manfaatdor shaxslarning ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va boshqa turdagi innovatsion faoliyati natijalari uchun patent olishga talabnoma materiallarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar;

- texnik ma’lumotlardan foydalanish: BIMT va IMAning patent va nopatent ma’lumotlar bazasiga (jumladan, ishlanmalar va innovatsiyalar bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalar (ARDI) va ixtisoslashtirilgan patent ma’lumotlariga (ASPI) kirish imkoniyatini taqdim etish;

- topshirilayotgan talabnomalar sifatini yaxshilash va benuqsonligini oshirish, shuningdek, sanoat mulki ob’ektlari uchun patentlar sonini oshirish maqsadida patent qidiruvini amalga oshirishni o‘rgatish;

- ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda patent qidiruvini amalga oshirishda ma’lumotlarni qidirib topishga ko‘mak berish;

- O‘zbekiston Respublikasida, kelgusida RST protsedurasi bo‘yicha patentlarni xalqaro himoya qilish imkoniyati bilan huquqiy muhofazani olishda ko‘mak ko‘rsatish;

- sanoat mulki ob’ektlarini kommertsiyalizatsiya qilishda ular uchun litsenzion shartnomalarning imzolanishida konsulьtativ yordam ko‘rsatish;

- intellektual mulk sohasida TIQQMlar koordinatoridan qabul qilingan axborot materiallarini tarqatish;

- intellektual mulk sohasiga odi qonunchilik bo‘yicha umumiy ma’lumotlarni taqdim etish.

Barchani bizning o‘quv kurslarimizda o‘qishga va intellektual mulkni himoya qilish sohasidagi bilimlarni yanada chuqurroq o‘zlashtirishga chorlaymiz!

Tashkilot nomi:

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Manzil:

100174 Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko\'chasi 4-uy

Bog\'lanish:

Tel.: 71 246 02 24

Faks: 71 246 02 24

E-mail: devonxona@nuu.uz

Ish vaqti: Dushanba – Shanba 9:00 - 18:00

Tushlik: 13:00 - 14:00. Yakshanba dam olish kuni

Muassasa rahbari
(F.I.SH., lavozimi):

Rektor:Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich

Tel.: 71 246 46 00

E-mail: rektor@tdtu.uz

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor: Ne`matov Sherzod Qalandarovich

Tel.: 71 227 10 34

E-mail: sh.nematov@tdtu.uz

TIQQM xodimlari (F.I.SH., lavozimi):

Turg'unbayev Asadulla

Tel.: 94 606 57 26

E-mail: ru

TIQQM

______________