O‘ZBEKISTONDA TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATAIYALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZLARI TASHKIL ETILMOQDA

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) Technology and Innovation Support Centers (TISCs)-Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari (TIQQMlari)ni tashkil etish bo‘yicha dastlabki loyihani ishga tushirgan. TIQQMlari tarmog‘ini tashkil etish – mamlakatlar va regionlarning innovatsion salohiyatini o‘stirishga imkon yaratish maqsadida ilgari surilgan xalqaro loyiha hisoblanadi.

Bunday markazlarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad qator mamlakatlarda patent ma’lumotlaridan, hududiy va viloyat markazlarida esa ilmiy-texnik ma’lumotlardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda texnikaga oid bilimlardan foydalanishni soddalashtirish hisoblanadi.

Урганч давлат университетида ТИҚҚМ ташкил этилди 22 июнь 2019 йил
Фарғона давлат университетида ТИҚҚМ ташкил этилди 9 февраль 2018 йил
“Физика-қуёш” ИИЧ Физика-техник институтида ТИҚҚМ ташкил этилди 20 февраль 2018 йил
Қарши мухандислик-иқтисодиёт институтида ТИҚҚМ ташкил этилди 22 февраль 2018 йил
Наманган мухандислик-технология институтида ТИҚҚМ ташкил этилди22 июнь 2018 йил
Тошкент кимё-технология институтида ТИҚҚМ ташкил этилди 4 февраль 2019 йил
Бердах номидаги Қорақалпоқ давлат университетида ТИҚҚМ ташкил этилди 1 январь 2018 йил
Академик С.Ю.Юнусов номидаги Ўсимлик моддалари кимёси иститутида ТИҚҚМ ташкил этилди 27 ноябрь 2017 йил
Гулистон давлат университетида ТИҚҚМ ташкил этилди 2 декабрь 2018 йил
Андижон давлат университетида ТИҚҚМ ташкил этилди 2 июль 2018 йил
Мухаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялар университетида ТИҚҚМ ташкил этилди 3 ноябрь 2017 йил
Фарғона давлат университетида ТИҚҚМ ташкил этилди 9 февраль 2018 йил
Бухоро давлат тиббиёт институтида ТИҚҚМ ташкил этилди 5 июль 2019 йил

2017 yilda O‘zbekiston Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ning Technology and Innovation SupportCenters (TISCs) - Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari (TIQQMlari) tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha loyihasiga a’zo bo‘ldi va bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agenligi hamda BIMT o‘rtasida hamjihatlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasida TIQQMlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 noyabrdagi PQ-3365-son Qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infrastrukturasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi”ga, shuningdek, O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi hamda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti o‘rtasida 2017 yil 6 oktyabrda tuzilgan “O‘zbekiston Respublikasida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish bo‘yicha Memorandum”ga muvofiq amalga oshiriladi.

Respublika bo‘ylab TIQQMlar tashkil etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagi chora-tadbirlar orqali ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirish hisoblanadi:

-hududlarda IM sohasiga oid konferentsiyalar, o‘quv seminar-treninglarini o‘tkazish, shuningdek ilmiy-metodik hamda axborot materiallarini tarqatish orqali jamiyatda intellektual faoliyat natijalaridan (IFN) foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish masalalarini tashviqot qilish va ommalashtirish?

ishlanmalar mualliflarining intellektual mulk sohasiga oid maxsus ma’lumotlar bazalari va boshqa axborot resurslaridan yanada kengroq foydalanishini ta’minlash?

ishlanmalar mualliflarini patent tadqiqotlarini o‘tkazish, ishlanmalarni kommertsializatsiya qilishda patent ma’lumotlaridan foydalanish ko‘nikmalariga o‘rgatish?

IFNni yaratish, ulardan foydalanish va huquqiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha maslahat berish.

Intellektual mulk agentligi tizimining O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari bilan 2017-2018 yillar davomidagi intellektual mulk sohasidagi o‘zaro hamkorligini amalga oshirish maqsadida Intellektual mulk agentligi huzuridagi «IP-Center» davlat unitar korxonasi hamda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida 10 ta bitim imzolanishiga erishildi.

2018 yil yakunlariga ko‘ra Intellektual mulk agentligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi sakkizta ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ikkta ilmiy-tadqiqot institutlari bilan tuzilgan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar doirasida o‘zaro hamkorlikda ishlamoqda, «IP-Center» DUK esa imzolangan shartnomalar asosida yuqorida qayd etilgan muassasalar qoshida tashkil etilgan o‘nta TIQQMlari bilan hamkorlik qilmoqda.

2019 yilning birinchi choragida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi Intellektual mulk agentligi, Agentlik va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ning TIQQMlarini tashkil etish bo‘yicha hamjihatlik Memorandumining O‘zbekistonda TIQQMlarini tashkil etish bo‘yicha talablarini bajarish maqsadida amaliy ishlarni davom ettirmoqda. Buning natijasida hamkorlik to‘g‘risidagi ikkita shartnoma imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra Buxoro muhandislik-texnologiya hamda Toshkent kimyo-texnologiya insitutlari bazasida TIQQMlarini tashkil etildi va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilning iyun va iyul oylarida esa Urgench davlat va Toshkent davlat agrar universitetlari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti bazalarida TIQQMlar tashkil etish bo‘yicha memorandumlar imzolandi va TIQQMlar sonini 15 taga etkazildi.

Bugungi kunda yana ikkita TIQQMlar tashkil etish bo‘yicha Samarqand vetenariya meditsinasi va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutlari bilan yozishmalar olib borilib, ularni ochish to‘g‘risida chora-tadbirlar belgilandi.

__________