Buxoro muhandislik texnologiyalar institutida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trenig tashkil etildi

11.05.2023

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obʼetlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini taʼminlash hamda joylardagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʼllab quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar oʼtkazish yuzasidan 2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi vakillari tomonidan Buxoro muhandislik texnologayalar instituti TIQQMli hamkorligida “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni, Xorijda patentlash amaliyoti”, “Mualliflik huquqi turlari va mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash”, “Axborot qidiruvini o‘tkazish uchun mavjud xalqaro bazalari i va ulardan foydalanish” mavzularida seminar o‘tkazildi. Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘limi boshligʻi S.Raxmonov hamda Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshligʻi I.Abduqadirov tomonidan mavzular yuzasidan taqdimotlar qilindi.

Seminar muassasa vakillari, professor-o‘qituvchilar, doktarantlar, iqtidorli talaba-yoshlar ishtirokida konstruktiv muloqot doirasida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar barcha qiziqtirgan savollariga to’laqonli javob oldilar.

_