Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro davlat tibbiyot instutida navbatdagi oʻquv seminar treningi oʻtkazildi.

10.05.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyetlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar oʻtkazish yuzasidan 2023-yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 10-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” DM xodimlari koʻmakligida TIQQM larning intellektual mulk sohasi boʻyicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro davlat tibbiyot instutlarida navbatdagi oʻquv seminar treningi oʻtkazildi.

Seminarni oʻtkazish mobaynida maʼruzachilarimiz tomonidan intellektual mulk sohasiga oid masalalar yoritildi, hususan ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, talabnoma tuzish va topshirish shartlari, sanoat mulki obyekti ustuvorligi, talabnomalarni o'zgartirish, patent olish huquqi; mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash: mualliflik huquqi obyektlarining Yagona bazasida saqlanishi, Yagona bazani yuritish, hamda mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalarini Yagona bazaga kiritish jarayonini muvofiqlashtirish, mualliflik huquqi obyektning elektron nazorat nusxalari Yagona bazaga kiritilgandan so'ng uning saqlovga qabul qilinganligi to'g'risida hujjat taqdim qilinishi mavzulari bo’yicha atroflicha ma'lumot berib o'tildi. Seminar mavzusini Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash boʻlim boshligʻi S.Raxmanov va Ixtirolar va foydali modellar boʻlim boshligʻi I.Abduqodirovlar yoritib berdilar. Seminarda taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilari, shuningdek doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishdi va oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Albatta yurtimizning koʻplab xududlarida olib borilayotgan bunday ilmiy anjuman va seminarlar unda ishtirok etgangan insonlarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini yanada oshirmasdan qolmaydi.

_