26 aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni.

26.04.2023

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida kasb bayrami nishonlandi.

2000 yilda Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga a’zo davlatlar 26 aprelni – “Xalqaro intellektual mulk kuni” sifatida nishonlanishi kelishishgan. 2001 yildan boshlab ushbu sana butun dunyoda intellektual mulk sohasidagi mutaxassislar tomonidan nishonlanib kelinmoqda.

Tadbirda ko‘p yillardan beri xizmat qilib kelayotgan xodimlar so‘zga chiqib uzoq yillik mehnat kechinmalari va tabriklari bilan o‘rtoqlashdi.

_