CISPATENT loyihasi doirasida Mintaqaviy patentaxborotnomasini nashr etish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o’tdi.

11.04.2023

CISPATENT loyihasi doirasida Mintaqaviy patentaxborotnomasini nashr etish bo‘yicha 2023-yil 11-aprelda videokonferenstaloqa shaklida Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o’tdi. Yig‘ilishda CISPATENT loyihasi ishtirokchilari Yevroosiyo patent boshqarmasi, Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Belarusiya, Qozoqiston, Qirg‘iziston, MoldaviyaTojikiston, Gruziya vakillari hamda O’zbekiston tarafidan Intellektual mulk markazi davlat muassasi xodimlari S.Raxmanov, I. Abdukadirov va S. Shamansurovalar ishtirok etishdi

Yig‘ilish quyidagi masalalar ko’rib o’tildi : 2022 yilda CISPATENT mintaqaviy patent axborot mahsulotini chiqarish natijalari to‘g‘risida hisobot eshitildi. 2022 yilda CISPATENT mahsulotini tayyorlash va chiqarishning haqiqiy xarajatlari xaqida ma'lumot berdildi va CISPATENT loyihasining ishtirokchilar tomonidan 2022 yilgi ishlar uchun to‘lov summalari keltirildi. CISPATENT mahsulotini 2023 yil uchun chiqarish rejalari xaqida ma'lumotlar berildi. CISPATENT mahsulotini tayyorlash va chiqarish uchun rejalashtirilgan xarajatlarni tasdiqlash yuzasidan birlamchi ma’lumotlarni taqdim etishdi.

_