"Kontrafaktsiz oy" oyligi yuzasidan joriy yilning 14 mart kuni Jizzax politexnika instituti va Guliston davtlat universitetlarida navbatdagi o‘quv seminar treningi o‘tkazildi.

14.03.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk ob’etlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar o‘tkazish yuzasidan 2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida hamda "Kontrafaktsiz oy" oyligi yuzasidan joriy yilning 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” DM xodimlari ko‘makligida TIQQM larning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan Jizzax politexnika instituti va Guliston davtlat universitetlarida navbatdagi o‘quv seminar treningi o‘tkazildi.

Seminarda “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni”, “Intellektual mulk obektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi” va “Kontrafakt mahsulotlar relizatsiyasining huquqiy oqibatlari” mavzularida ma’ruza qilindi. Seminar mavzusini Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirov va Viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchi M.Abdualimovlar yoritib berdilar.

Seminarda ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

_