"Intellektual mulk markazi" Davlat muassasasi xodimlari ishtirokida manfaatlar to'qnashuvini oldini olish mavzusida seminar tashkil qilindi.

“Manfaatlar to‘qnashuvi” korrupsiya turi sifatida, pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish kabi va boshqa korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etish orqali amalga oshirilmasa-da, biroq unga qarshi kurashish masalasi ham dolzarb hisoblanadi. Chunonchi, manfaatlar to‘qnashuvi xodimlarning xizmat majburiyatlarini lozim darajada va xolis bajarishlariga, jumladan, xolis qaror qabul qilishga hamda tashkilotning huquqlari, qonuniy manfaatlari, mol-mulki va (yoki) nufuziga ta’sir qiladigan yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatda yuzaga kelishi mumkin. Manfaatlar to‘qnashuvi vaziyatlarining kelib chiqishiga, asosan xodimlarning shaxsiy manfaatdorligi sabab bo‘ladi

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi korrupsiya turiga qarshi kurashishni ham taqozo etdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan “manfaatlar to‘qnashuvi” tushunchasiga izoh berildi hamda uning oldini olish va bartaraf etishga doir chora-tadbirlar belgilandi (Qonunning 3, 21- moddalari).