Namangan muhandislik texnologiya hamda Namangan muhandislik qurilish institutlarida navbatdagi oʻquv seminar treningi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyetlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar oʻtkazish yuzasidan 2023-yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 15-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” DM xodimlari koʻmakligida TIQQM larning intellektual mulk sohasi boʻyicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan Namangan muhandislik texnologiya hamda Namangan muhandislik qurilish institutlarida navbatdagi oʻquv seminar treningi oʻtkazildi.

Seminarda “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni”, “Intellektual mulk obektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi” va “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” mavzularida maʼruza qilindi. Seminar mavzusini Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash boʻlim boshligʻi S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar boʻlim boshligʻi I.Abduqodirov yoritib berdilar.

Seminarda taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishdi va oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.