Farg‘ona davlat universiteti hamda Farg‘onapolitexnika institutlarida o‘quv seminar treningi o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyetlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar oʻtkazish yuzasidan 2023-yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 14-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” DM mutaxassislari ishtirokida Fargʻona davlat universiteti hamda Fargʻona politexnika institularida oʻquv seminar treningi oʻtkazildi.

Seminarda “Ixtiro va foydali model”, “Talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni, “Horijda patentlash amaliyoti”, “Patentlashga oid turli savollar”, “Mualliflik huquqi obektlarini deponentlash”, mavzularida maʼruza qilindi. Seminar mavzusini Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash boʻlim boshligʻi S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar boʻlim boshligʻi I.Abduqodirov yoritib berdilar.

Seminarda taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishdi va oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.