TIQQM vakillarining intellektual mulk sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslariga start berildi

16.01.2023

Joriy yilning 16–25-yanvar kunlari davomida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi mutaxassislari tomonidan oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan TIQQM vakillarining intellektual mulk sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslariga start berildi.

Ushbu o‘quv kurslari davomida Respublika oliy o‘quv yurtlarida hamda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida tashkil etilgan TIQQM vakillarining bir guruhi uchun intellektual mulk sohasi, intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalariga bo‘lgan huquqlarni muhofaza qilish mavzulari bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan mazmunli o‘quv kursi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

_