Qarshi muhandislik iqtisodiyit institutida navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi

30.11.2022

Joriy yilning 30-noyabr kuni Qarshi muhandislik iqtisodiyit institutida joylashgan Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari ko‘magida TIQQMlarning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatini jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi.

Seminarda Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirish maqsadida ishlanmalar mualliflarida patent tadqiqotlarini o‘tkazish, o‘z ishlanmalarini tijoratlashtirishda patent ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvlar davomida ta’lim muassasalarining xodimlari, ilmiy izlanuvchilari va talabalar Sanoat namunalariga oid kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar, soha doirasida o‘z ilmiy ishlari bilan bog‘liq muhim savollarga javob oldilar.

_