“Intellektual mulk markazi” DM tomonidan navbatdagi seminarlar tashkil etildi

26.10.2022

2022-yil 25-26-oktabr kunlari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Urganch davlat universitetlarida «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi xodimlari ko‘makligida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlarining intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi.

Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirov "Ixtirova foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni”, “Patent bazalari va patent axborot qidiruvi”, ma’ruzalar bilan chiqishdi.

Seminar tashkil etishdan maqsad TIQQMlar rolini oshirish hamda ularning faoliyatida intellektual mulk sohasi bilan bogʻliq boʻlgan muhim savollarga javob berishdan iborat.

_