TIQQMlarda tadqiqotchilar uchun o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda

29.09.2022

2022-yil 29-sentyabr kuni Termiz davlat universitetidagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazida "Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni, Mualliflik xuquqi ob’ektlarini deponentlash" mavzusida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda respublika miqyosida Oliy ta’lim muassasalari huzurida 30 ta Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari o‘z faoliyatini olib bormoqda. Tashkil etilgan markazlar tomonidan intellektual mulk (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari) sohasini rivojlantirish borasida bir qator xizmatlar olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Bo‘lib o‘tgan mazkur o‘quv-mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi yuqoridagi xizmatlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha yosh tadqiqotchilarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda intellektual mulk obyektlarini muhofazalashda amaliy tajribalarini oshirishga qaratilgan.

_