Farg‘ona vodiysida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi

28.02.2022

2022 yil 28-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4965-son qarori bilan tasdiqlangan Intellektual mulk (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari) sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2021 — 2023 yillarga mo‘ljallangan amaliy ishlar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi va agentlikning konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida Andijon mashinasozlik instituti, Namangan muxandislik qurilish instituti, hamda Farg‘ona politexnika institutlari bilan birgalikda 2022 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tarmoqli reja-jadvali asosida “Ixtiro va foydali modelga talabnomani rasmiylashtirish” mavzusida navbatdagi seminar o‘tkazildi. Mazkur seminar onlayn tarzda ZOOM dasturidan foydalangan holda tashkil etildi.

Onlayn seminarda ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishdi. Seminar mavzusini Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi “Sanoat namunalari” bo‘lim boshlig‘i O‘rinboyev A.J. yoritib berdi.

Seminarda ixtiro va foydali modelga talabnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish, ularning mazmuni va topshirish tartibi, tasnif, referat, formula va chizmalar tayyorlash talablari to‘g‘risida batafsil ma’ruza qilindi.

Seminar yakunida ishtirokchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va kelgusida intellektual mulk sohasiga tegishli boshqa mavzular bo‘yicha ham seminar, mahorat darslarini birgalikda o‘tkazishni davom ettirish istagini bildirdilar.

_