Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi seminar o’tkazildi.

08.09.2021

2021 yil 8 sentyabr kuni O’zbekiston Respulikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi Intellektual mulk agentligi hamda agentlik konsultativ markazi mutaxassislari tomonidan Andijon davlat tibbiyot institutida “Patent bazalari” va “Patent-axborot qidiruvi” mavzusida navbatdagi seminar o'tkazildi.

Seminarda “Patent bazalaridan foydalanish” va “Patent-axborot qidiruv tizimi” to'g'risida ma'ruza qilindi.

Seminarda institut rahbariyati, doktarant va magistrlari, ilmiy xodimlar, yosh olimlar hamda professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.

Patent-axborot qidiruv tizimi haqida tushuncha berish bilan birgalikda intellektual mulkning ob’ektlariga talabnomalarni to’g’ri to’ldirish, ularning mazmuni va talabnoma topshirish tartibi hamda mualliflik huqiuqi ob’ektlari to’g’risida ham ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida seminar qatnashuvchilari o’z istagan savollariga javob oldilar.

_