Farg’ona politexnika institutida navbatdagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab –quvvattlash markazi tashkil etildi

09.09.2021

2021 yil 9 sentyabr kuni Farg’ona politexnika institutida O’zbekiston Respulikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda agentlikning konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida institut rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini(TIQQM) tuzish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida TIQQMni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati imzolandi. Shuningdek, «Intellektual mulk konsultativ markazi” hamda Farg’ona politexnika instituti o‘rtasida 25/TIQQM-sonli hamkorlik bitim imzolandi.

_