Namangan muhandislik-qurilish institutida seminar o’tkazildi

07.09.2021

2021 yilning 7-sentyabr kuni O’zbekiston Respulikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi Intellektual mulk agentligi hamda agentlikning konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida Namangan muhandislik-qurilish institutida “O’zbekiston Respublikasida intellektual mulk obektlarini muhofazalashda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash markazining roli va Intellektual mulk sohasidagi yangliklar” mavzusida birinchi seminar o’tkazildi.

Seminarni institut o`quv ishlari bo`yicha prorektor Dadamirzaev Muhammadjon Gulomqodirovich ochib berdi

Seminarning asosiy e'tibori intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan hurmat hissini oshirish, huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda ushbu yo'nalishda TIQQM o’rni va roli haqida, shuningdek sohasiga oid yangiliklar bo’yicha ma’lumot berishga qaratildi.

Seminarda instituti ilmiy xodimlari, yosh olimlar, oily ta’lim doktarant va magistrlari hamda professor-o’qituvchilar faol ishtirok etdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar yanada ko’proq tushunchaga ega bo’lishlari uchun, intellektual mulk to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bukletlar va materiallar tarqatildi.

_