Toshkent “To’qimachilik va yengil sanoat” institutida O’zbekiston Respublikasida intellektual mulk obektlarini muhofazasida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash markazini roli mavzusida seminar o’tkazildi

31.03.2021

2021 yil 31 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi Intellektual mulk konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida Toshkent “To’qimachilik va yengil sanoat” institutida O’zbekiston Respublikasida intellektual mulk obektlarini muhofazasida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash markazini (TIQQM) roli va intellektual sohasiga oid yangiliklar mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminarning asosiy e'tibor intellektual mulk obektlariga nisbatan hurmat hissini oshirish, huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda ushbu yo'nalishda TIQQM o’rni va roli haqida, shuningdek sohasiga oid yangiliklar buyicha ma’lumot berishga qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar yanada ko’proq tushunchaga ega bo’lishlari uchun, intellektual mulk to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bukletlar va materiallar tarqatildi.

_