Farg’ona davlat universiteti TIQQMda navbatdagi seminar o’tkazildi.

03.03.2021

2021-yil 3-mart kuni joriy yilda TIQQMda utkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarning tasdiqlangan reja-jadvali asosida Farg’ona davlat universitetida seminar o'tkazdi.

Seminarda Farg'ona davlat universitet prorektori O'rinov Akmaljon Maxammadjonovich hamda TIQQM xodimlari, universitetning ilmiy xodimlari, yosh olimlar va professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.

Seminarda Intellektual mulk agentliging vakillari tomonidan intellektual mulkning ob’ektlariga talabnomalar to’gri to’ldirish, ularning mazmuni va topshirish tartibi, IMOga tasnif, referat, formula va chizmalar tayorlash talablari to'g'risida ma'ruza qilindi.

Taqdimot yakunida seminar qatnashchilari o'zlarining intellektual mulk sohasiga oid savollariga javoblar olishdi.

Tadbir yakunida taqdimotda olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi axborotlarni o'z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi.

_