Qoraqalpoq davlat universitetining TIQQMda navbatdagi sayyor seminar o’tkazildi.

13.12.2019

2019 yil 13 dekabr kuni TIQQMda 2019 yilda seminarlar o’tkazish bo’yicha tasdiqlangan tadbirlar reja-jadvali asosida Berdax nomidagi qoraqalpoq davlat universitetida "Intellektual mulk muhofazasi va himoyasi" va "Ixtiro va foydali modellarga talabnomalar tuzish, chizmalarga talablar" mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminar davomida qatnashchilarga intellektual mulk ob'ektlariga talabnomalarni tuzish, ularga tasnif, formula va referatlar tayyorlash tartibi hamda chizmalarga bo'lgan talablar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Seminarda ishtirokchilar intellektual mulk sohasidagi qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan bukletlar va materiallar tarqatildi.

_