Qarshi muxandislik iqtisodiyot institutida navbatdagi sayyor seminar o’tkazildi.

10.12.2019

2019 yil 10 dekabr kuni TIQQMda 2019 yilda seminarlar o’tkazish bo’yicha tasdiqlangan tadbirlar reja-jadvali asosida Qarshi muxandislik iqtisodiyot institutida "Ixtiro va foydali modellarga talabnomalar tuzish, chizmalarga talablar" mavzusidagi navbatdagi seminar o’tkazildi.

Seminar davomida qatnashchilarga intellektual mulk ob'ektlariga talabnomalarni tuzish, ularga tasnif, formula va referatlar tayyorlash tartibi hamda chizmalarga bo'lgan talablar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Seminarda ishtirokchilar intellektual mulk sohasidagi qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Tadbirda taqdim etilgan mavzuni mustaxkamlash uchun ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan bukletlar va materiallar tarqatildi.

_