Guliston Davlat Universiteti navbatdagi seminar o’tkazildi.

27.09.2019

2019-yil 27-sentyabr kuni joriy yilda TIQQMda utkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarning tasdiqlangan reja-jadvali asosida Guliston davlat universitetida navbatdagi seminar o'tkazdi.

Seminarda universitetning TIQQM va yosh ilmiy xodimlar hamda magistrantlar ishtirok etdi.

Seminarda Intellektual mulk agentliging vakili tomonidan intellektual mulkning patentga layoqatliligi, talabnomalar mazmuni va ularni topshirish tartibi, IMOga huquqiy muhofazani ta'minlash shartlari to'g'risida ma'ruza qilindi.

Taqdimot yakunida seminar qatnashchilari o'zlarining intellektual mulk sohasiga oid savollariga javoblar olishdi.

Tadbir yakunida taqdimotda olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi axborotlarni o'z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi.

_