Toshkent davlat texnika universitetida TIQQMda navbatdagi seminar o’tkazildi.

2019-yil 6-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida "O'zbekistonda intellektual mulkning huquqiy muhofazasi va Texnologiyalar va innovasiyalarni qullab-quvvatlash markazlarning intellektual mulk sohasida roli" mavzusida seminar o'tkazdi.

Seminarda universitetining professor-o’qituvchilari kafedra rahbarlari va yosh olimlari ishtirok etdi.

Seminarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligining vakili tomonidan intellektual mulkning patentga layoqatliligi, talabnomalar mazmuni va ularni topshirish, IMOga huquqiy muhofazani ta'minlash shartlari xamda to'g'risida ma'ruza qilindi.

Tadbir yakunida taqdimotda olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi axborotlarni o'z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi.

__________