Samarqand veterinariya meditsinasi institutida seminar o’tkazildi.

2019-yil 26-iyul kuni Samarqand veterinariya meditsinasi institutida "O'zbekistonda intellektual mulkning huquqiy muhofazasi" mavzusida navbatdagi seminar o'tkazdi.

Seminarda institutning professor-o’qituvchilari va yosh olimlar, shuningdek muassasa magistrantlari ishtirok etdi

Seminarda "IP-CENTER" davlat unitar korxonasining vakili tomonidan intellektual mulkning patentga layoqatliligi, talabnomalar mazmuni va ularni topshirish tartibi, IMOga huquqiy muhofazani ta'minlash shartlari to'g'risida ma'ruza qilindi.

Taqdimot yakunida seminar qatnashchilari o'zlarining intellektual mulk sohasiga oid savollariga javoblar olishdi.

Tadbir yakunida taqdimotda olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi axborotlarni o'z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi.

__________