Umumiy ma’umotlar va TIQQM loyihasiga oid hujjatlar


BIMTning asosiy vazifalaridan biri barcha ishtirokchi davlatlarga intellektual mulk muhofazasi, shuningdek patent ma’lumotlari muhofazasi sohasida huquqiy va texnik ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.

Patent ma’lumotlari Internet tarmoqlari orqali bepul yohud pulli tijorat xizmatlari shaklida taqdim etiladigan xizmatlar ko‘rinishida kundan kunga ommalashib bormoqda. Biroq, ayrim mamlakatlarda patent ma’lumotlarining omma uchun ochiqligi va qamrovi ko‘lami ma’lum darajada cheklangandir.

Mana shunday cheklovlarni e’tiborga oligan holda 2009 yilning aprelь oyida BIMT Technology and Innovation Support Centers (TISCs) -Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari (TIQQMlari)ni tashkil etish bo‘yicha dastlabki loyihani ishga tushirdi. Bunday markazlarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad qator mamlakatlarda patent ma’lumotlaridan, hududiy va viloyat markazlarida esa ilmiy-texnik ma’lumotlar foydalanish samaradorligini oshirish hamda texnik ilmlardan foydalanishni soddalashtirish hisoblanadi.

Bugungi kunga kelib TIQQMlar dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotganini ko‘rish mumkin, bizning respublikamizda esa mazkur loyiha 2018 yilning sentyabrь oyidan boshlab hayotga tadbiq etila boshlandi.

Loyiha faoliyatning ikkita asosiy yo‘nalishidan iborat:

  • Ixtisoslashtirilgan ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash,
  • Innovatsion salohiyatni o‘stirish.

TIQQMlarining vazifalari:

  • ma’lumotlar bazalarining foydalanish uchun taqdim etilishiga bo‘lgan ehtiyojni tadqiq qilish;
  • ixtisoslashtirilgan patent va nopatent ma’lumotlari bazalarining jamoatchilik foydalanishi uchun ochib qo‘yish;
  • joylarda TIQQMlarini tashkil etish va ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, TIQQMlari tarmog‘ini tashkil etish orqali ushbu ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanilishiga erishish;
  • TIQQMlari xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari uchun ularning xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari hamda tadbirlar tashkil etish va o‘tkazish.

Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari haqida BIMT ma’lumotlari: http://www.wipo.int/tisc/ru/.

Intellektual mulk agentligining O‘zbekiston Respublikasi regionlari (xududlari, mintaqalari) bilan hamkorligi va o‘zaro harakati natijalari

Intellektual mulk agentligi tizimining O‘zbekiston Respublikasi regionlari(xududlari, mintaqalari) bilan 2017-2018 yillar davomidagi intellektual mulk sohasidagi o‘zaro hamkorligini amalga oshirish maqsadida Intellektual mulk agentligi huzuridagi «IP-Center» davlat unitar korxonasi hamda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida 10 ta bitim imzolanishiga erishildi.

2018 yil yakunlariga ko‘ra Intellektual mulk agentligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi sakkizta ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ikkta ilmiy-tadqiqot institutlari bilan tuzilgan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar doirasida o‘zaro hamkorlikda ishlamoqda, «IP-Center» DUK esa imzolangan shartnomalar asosida yuqorida qayd etilgan muassasalar qoshida tashkil etilgan o‘nta Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari bilan hamkorlik qilmoqda.

2019 yilda Intellektual mulk agentligi Agentlik va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ning TIQQMlarini tashkil etish bo‘yicha hamjihatlik Memorandumining O‘zbekiston Respublikasida TIQQMlarini tashkil etish bo‘yicha talablarini bajarish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirmoqda. Buning natijasida hamkorlik to‘g‘risidagi ikkita shartnoma imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra Buxoro muhandislik-texnologiya hamda Toshkent kimyo-texnologiya insitutlari bazasida TIQQMlarini tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Taskil etilgan sanasi Tashkilot toliq nomi Tashkilot joylashgan joyi
2017 yil
3 noyabr
Muxammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Toshkent shahri
2017 yil
27 noyabr
Akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O'simlik moddalari kimyosi instituti Toshkent shahri
2018 yil
1 yanvar
Qoraqalpog'iston Davlat universiteti Nukus shahri
2018 yil
9 fevral
Farg'ona davlat universiteti Farg'ona shahri
2018 yil
20 fevral
"Fizika-quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika texnika instituti Toshkent shahri
2018 yil
22 fevral
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Qarshi shahri
2018 yil
4 may
Jizzax Politexnika Instituti Jizzax shahri
2018 yil
22 iyun
Namangan muhandislik-texnologiya instituti Namangan shahri
2018 yil
2 iyul
Andijon davlat universiteti Andijon shahri
2018 yil
2 dekabr
Guliston Davlat universiteti Guliston shahri
2019 yil
22 yanvar
Buxoro muxandislik texnologiya instuti Buxoro shahri
2019 yil
4 fevral
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Toshkent shahri
2019 yil
22 iyun
Urganch Davlat universiteti Urganch shahri
2019 yil
4 iyul
Toshkent davlat agrar universiteti Toshkent shahri
2019 yil
5 iyul
Buxoro davlat tibbiyot instituti Buxoro shahri
2019 yil
26 iyul
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Samarqand shahri
2019 yil
23 avgust
“Navoiy” Erkin iqtisodiy zonasi Direktsiyasi Navoiy shahri
2019 yil
11 oktabr
O'zbekiston milliy universiteti Toshkent shahri
2019 yil
24 oktabr
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Toshkent shahri
2019 yil
6 noyabr
Toshkent davlat texnika universiteti Toshkent shahri

TIQQM

_