Tasdiqlangan tarmoq grafigi doirasida navbatdagi sayyor seminar Nukusda bo‘lib o‘tdi

2019 yil 31 may kuni Qoraqalpog‘iston davlat universitetida “Sanoat mulki ob’ektlarining ustuvorligini belgilash”, “Ixtirolar va foydali modellarning patentga layoqatlilik shartlari” mavzularida sayyor seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi “IP-Center” DUK o‘quv markazi tomonidan Qoraqalpog‘iston davlat universiteti ma’muriyati bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Shuningdek, seminar doirasida “IP-Center” DUK o‘quv markazining mutaxassislari tomonidan Intellektual mulk agentligining, Rossiya Sanoat mulki Federal institutining axborot-qidiruvi tizimlaridan, jumladan, Espacenet patent bazasidan, Evroosiyo patent-qidiruv tizimi va AQSh patent idorasi bazasidan foydalanish tartib-qoidalari va shu sohaga oid boshqa masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Shuningdek, seminar doirasida “IP-Center” DUK o‘quv markazining mutaxassislari tomonidan Intellektual mulk agentligining, Rossiya Sanoat mulki Federalь institutining axborot-qidiruvi tizimlaridan, jumladan, Espacenet patent bazasidan, Evroosiyo patent-qidiruv tizimi va AQSh patent idorasi bazasidan foydalanish tartib-qoidalari va shu sohaga oid boshqa masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Seminar yakunida barcha ishtirokichlariga intellektual mulk sohasiga oid ma’lumotlar bilan jamlangan bukletlar va materiallar tarqatildi.

__________