Agentlik delegasiyasining Nukus shahriga tashrifi

08.02.2018

O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Agentlik Bosh direktori o'ribosari B.T.Sagdullaev, "IP-CENTER" - intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha o'quv markazi direktori M.S.Mansurov va yetakchi mutaxassis A.O'rinboevlardan iborat delegasiyasi Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston Davlat universiteti rahbariyati bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Qoraqalpog'iston Davlat universiteti qoshida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazini (QDU TIQM) tashkil etish masalasi muhokama etildi. Delegasiya tashrifi doirasida QDU TIQMni tashkil etish to'g'risida Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar ro'yxati hamda "IP-CENTER" - intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha o'quv markazi va Qoraqalpog'iston Davlat universiteti o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi Bitim kabi hujjatlar imzolandi.

Shuningdek, Qoraqalpog'iston Davlat universitetida "O'zbekistonda intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Seminarda Qoraqalpog'iston Davlat universiteti, Nukus Davlat pedagogika instituti, Toshkent informasion texnologiyalar universitetining Nukus filiali, Toshkent Davlat agrar universitetining Nukus filiali, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali va O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog'iston hududiy bo'limining xodimlari ishtirok etdilar. Agentlik yetakchi mutaxassisi A.O'rinboevning intellektual mulk ob'ektlarining patentga layoqatliligi, talabnomalar mazmuni va ularni topshirish, ularning huquqiy muhofaza ostiga olinish shartlari masalalariga bag'ishlangan ma'ruzasi seminar ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otdi. Seminar ishi davomida Agentlik vakillariga ishtirokchilar tomonidan sohaga oid savollar berildi, fikr-mulohazalar bildirildi

Delegasiya tashrifi doirasida O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog'iston hududiy bo'limi tashabbusi bilan Qoraqalpog'iston Tabiiy fanlar ilmiy-tekshirish institutida delegasiyaning institut rahbariyati bilan uchrashuvi o'tkazilib, unda O'zR FA hududiy bo'limidagi ixtirochilik faoliyatini faollashtirish, Agentlikda talabnomalar ekspertizasini o'tkazish jarayoni hamda kelgusida Qoraqalpog'iston Tabiiy fanlar ilmiy-tekshirish institutida Agentlik mutaxassislari ishtirokida seminarlarni tashkil etish bilan bog'liq masalalar muhokama etildi.

__________