Navbatdagi texnologiyalar va innovatsiyalar qo‘llab-quvvatlash markazi Navoiyda tashkil etildi.

2019 yil 23 avgust kuni Navoiy shahrida “Navoiy” Erkin iqtisodiy zona” AJ direksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi vakillarining institut rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida “Navoiy” Erkin iqtisodiy zona” AJ direksiyasi bazasida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini (TIQQM) tuzish masalasi muhokama qilindi.

Delegatsiya tashrifi doirasida TIQQMni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati va «Intellektual mulk konsultativ markazi”DUK hamda “Navoiy” Erkin iqtisodiy zona” AJ direksiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida 17/ЦПТИ-sonli Bitim imzolandi.

__________