"Intellektual mulk konsultativ markazi"
Davlat unitar korxonasi

Matbaa xizmatlarini ko'rsatish bo'limi




Тел:71 237 50 23
E-mail: f.shamansurova@ima.uz

Vazifalar va majburiyatlar

- Agentlikning rasmiy nashrlarini sahifalash (verstka qilish), tarjima, muharrirlik, korrektirovka qilish hamda qog’oz va elektron variantini, original-maketlarini tayyorlash (rasmiy axborotnoma,"yillik ko’rsatchkichlar" yillik hisobot va "O’zbekiston Respublikasining istiqbolli ixtirolari va foydali modellari")

- patent fondi hamda patent egalariga patent va guvohnomalar bilan birgalikda topshirish uchun Rasmiy axborotnomada chop etilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari uchun titul va nashr varaqlari, tavsiflarini tayyorlash;

- MDH davlatlari bo’yicha chiqariladigan CD-ROM-regional disk uchun ixtirolar va foydali modellarning bibliografik ma'lumotlari, referatlarini uch tilda (o’zbek, rus va ingliz tillarida) xamda ularning tavsiflarini rus tilida regional disk uchun ўrnatilgan talablar asosida tayyorlab, Rospatentga jo’natish;

- Landoks va Ma'lumotlar bazasidan axborotlar olish, joylashtirish va to’ldirish ishlari;

- Agentlikning rejasiga asosan broshyuralar va qo’llanmalar, ko’rgazma yarmarkalari uchun bukletlar, konkurslar uchun guvohnomalar va boshqa materiallarning original-maketlarini tayyorlash;

- normativ hujjatlar (xatlar, ixtiro va foydali modellarning tavsiflari, qabul qilinayotgan va yuborilayotgan yozishmalar).

__________