O’zbekiston milliy universitetida seminar o’tkazildi.

2019-yil 11-oktyabr kuni M.Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universitetida "O'zbekistonda intellektual mulkning huquqiy muhofazasi va Texnologiyalar va innovasiyalarni qullab-quvvatlash markazlarning intellektual mulk sohasida roli" mavzusida seminar o'tkazdi.

Seminarda universitetning professor-o’qituvchilari va yosh olimlari ishtirok etdi.

Seminarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligining vakili tomonidan intellektual mulkning patentga layoqatliligi, talabnomalar mazmuni va ularni topshirish, IMOga huquqiy muhofazani ta'minlash shartlari xamda to'g'risida ma'ruza qilindi.

Taqdimot yakunida seminar qatnashchilari o'zlarining intellektual mulk sohasiga oid savollariga javoblar olishdi.

Tadbir yakunida taqdimotda olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi axborotlarni o'z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi.

__________