Buxoro davlat tibbiyot institutida seminar o’tkazildi.

2019-yil 5-iyul kuni Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida "O'zbekistonda intellektual mulkning huquqiy muhofazasi" mavzusida seminar o'tkazdi.

Seminarda institutning professor-o’qituvchilari va yosh olimlar, shuningdek viloyat adliya boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

Seminarda "IP-CENTER" davlat unitary korxonasining vakili tomonidan intellektual mulkning patentga layoqatliligi, talabnomalar mazmuni va ularni topshirish, IMOga huquqiy muhofazani ta'minlash shartlari to'g'risida ma'ruza qilindi.

Taqdimot yakunida seminar qatnashchilari o'zlarining intellektual mulk sohasiga oid savollariga javoblar olishdi.

Tadbir yakunida taqdimotda olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi axborotlarni o'z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi.

__________