Sirdaryo viloyati tadbirkorlari ishtirokida seminar o‘tkazildi

2019 yil 14 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, xamda agentligning “IP-Center” DUKsi va Sirdaryo viloyati Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda mintaqaning tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida "Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida seminar o‘tkazdi.

Seminarlarda mahalliy hokimiyat organlari xodimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining viloyatdagi hududiy bo‘linmalari vakillari, tadbirkorlik sub’ektlari: savdo, ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi korxonalar vakillari, ta’lim muassasalar talaba va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan sohaga oid savollariga huquqni qo‘llash amaliyotidan kelib chiqqan holda to‘liq asoslangan javoblar oldilar.

Seminar yakunida yoritib berilgan ma’lumotlarni mustaxkamlash maqsadida ishtirokchilarga soxaga oid buklet va qo‘shimcha materiallar tarqatildi.

__________