Agentlikda Toshkent shahrida tashkil etilgan Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazlari mutaxassislari uchun mahorat darsi o'tkazildi

13.03.2018

Joriy yilda Intellektual mulk agentligi "IP-CENTER" - intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha o'quv markazi tomonidan respublikamizning bir qator Oliy o'quv yurtlari va Fanlar akademiyasi ilmiy-tekshirish institutlarida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazlari (TIQQ) tashkil etildi.

Agentlikda 13 mart kuni tashkil etilgan "Patent olish uchun talabnoma topshirish: huquqiy va texnik aspektlar" mavzusida tashkil etilgan mahorat darsida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Fanlar akademiyasining Akademik O'simlik moddalari kimyosi instituti va "Fizika-quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika texnika institutlarida tashkil etilgan TIQQlarning ma'sul xodimlari ishtirok etdilar.

Mahorat darsida Agentlikning Talabnomalarning rasmiy ekspertizasi bo'limi boshlig'i Azimov Saidaxmad tomonidan "Patent olish uchun talabnoma topshirish: huquqiy va texnik aspektlar" mavzusida prezentasiya taqdim etildi, hamda tinglovchilar uchun "Intellektual mulk ob'ektlariga talabnoma topshirish qoidalari" va "Ixtirolar va foydali modellarning patentga layoqatlilik shartlari" to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Tadbir qatnashchilari ushbu darsdan o'zlariga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni oldilar va mahorat darsi tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.