2019 yil 4 iyul kuni Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi delegatsiyasi va universitet rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida qishloq xo‘jalik sohasida tayanch bo‘lgan Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini tuzish masalasi muhokama qilindi. Delegatsiya tashrifi doirasida TIQQMni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati va «IP-CENTER – intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazi” hamda Toshkent davlat agrar universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida 14/ЦПТИ-sonli Bitim imzolandi.
Seminarda «IP-CENTER» DUK vakili tomonidan intellektual mulk ob’ektlalrining patentga layyoqatliligi, talabnomalarning mazmuni va topshirish tartiblari, huquqiy muhofazani taqdim etish shartlari to‘g‘risida ma’ruza qilindi.
Seminar yakunida ishtirokchilar intellektual mulk ob’ektlariga himoya olishga taalluqli savollarga javoblar olishdi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga intellektual mulk sohasiga oid ma’lumotlar to‘plami va bukletlar tarqatildi.