Jizzax viloyatida "Intellektual mulk muhofazasi " mavzusida seminar

11.10.2019

2019 yil 11 oktabr kuni Jizzax viloyat adliya boshqarmasi katta majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda hududiy adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda "Intellektual mulk muhofazasi va himoyasi" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi mas'ul xodimlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jami 160 nafar ishtirokchi qatnashdilar. Tadbirning asosiy maqsadi aholi o'rtasida intellektual mulk ob'ektlariga nisbatan hurmat hissini oshirish, huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda ushbu sohani takomillashtirishga mas'ul bo'lgan davlat organlarining o'rni va roli haqida ma'lumot berishga qaratildi.

Tadbir so'ngida Intellektual mulk agentligi tomonidan ishtirokchilarga intellektual mulk sohasidagi tarqatma materiallar, bukletlar tarqatildi. Seminar qizg'in savol-javoblar asosida, konstruktiv ruhda o'tdi.

_