Farg'ona davlat universiteti qoshida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi tashkil etiladi

Farg'ona shahrida Intellektual mulk agentligining Bosh direktori o'rinbosari B.T.Sagdullaev va "IP-CENTER" - intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha o'quv markazi direktori M.S.Mansurov bilan Farg'ona Davlat universiteti, Farg'ona politexnika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg'ona filiali va Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg'ona filiallari rahbar va ilmiy xodimlari, doktorantlari, hamda iqtidorli talabalar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Davra suhbati Respublikamizda intellektual mulk ob'ektlari huquqiy muhofazasi, aynan ixtirolar va foydali modellarga oid savol-javoblar tarzida o'tkazildi. Shuningdek, Farg'ona Davlat universiteti qoshida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazini (FDU TIQM) tashkil etish masalasi muhokama etildi

Tadbirdan so'ng Farg'ona Davlat universiteti rahbariyati va "IP-CENTER" o'quv markazi direktori tomonidan FDU TIQMni tashkil etish to'g'risidagi Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar ro'yxati hamda tashkilotlar o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi Bitim hujjatlari imzolandi.