"O'simliklarning yangi navlarini patentlash" mavzusida Milliy seminar o'tkazildi

2018 yil 5 iyun kuni Intellektual mulk agentligi (Agentlik) tomonidan O'simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish bo'yicha xalqaro ittifoq (UPOV) bilan hamkorlikda tashkil etilgan "O'simliklarning yangi navlarini patentlash" mavzuidagi Milliy seminari (Seminar) o'tkazildi. Seminarni o'tkazishdan maqsad o'simliklarning yangi navlarini huquqiy muhofazasini targ'ib qilish, mahalliy seleksionerlar hamda qishloq xo\jaligi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning intellektual mulk sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish va ushbu sohadagi xorij tajribasini o'rganishga qaratildi

Seminarda Agentlikdan S.Azimov, O'zbekiston qishloq xo'jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazidan B. Xalmanov va Qishloq xo'jaligi ekinlarini sinash davlat komissiyasidan M. Israilovlar hamda UPOV tashkiloti vakillari Iolanda Xuerta va Tomochika Motomura o'zlarining ma'ruzalari va prezentasiyalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbir yakunida barcha ma'ruzalar bo'yicha muhokamalar olib borildi, xorijiy mutaxassislar tomonidan ishtirokchilar uchun davra suhbatlari tashkil etildi.

Mazkur Seminar tadbirda qatnashgan respublikamizning seleksioner-olimlari, ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari va tadqiqotchi doktorantlari uchun juda foydali bo'ldi, hamda seleksiya yutuqlarini huquqiy muhofaza qilish bo'yicha xorij tajribasini o'rganishga imkon berdi, bundan tashqari seleksionerlarning muammoli masalalari bo'yicha fikrlar bildirildi.