Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti seminar oʼtkazildi.

04.02.2020

2020 yil 4 fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Elektronika va avtomatika” fakulteti kichik majlislar zalida Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligi hamda Аgentlikning “Intelektual mulk konsulьtativ markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan “Sanoat mulki obʼektlarining ustivorligi” hamda “Ixtirolar va foydali modellarning patentga layoqatlilik shartlari” mavzusida seminar oʼtkazildi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida oʼtkazildi, universitetining “Elektronika va avtomatika” fakulteti professor-oʼqituvchilari va yosh ilmiy xodimlari oʼzlarini qiziqtirgan intellektual mulk sohasidagi savollariga javoblar oldilar.

Seminar yakunida yoritib berilgan ma’lumotlarni mustaxkamlash maqsadida ishtirokchilarga soxaga oid buklet va qo‘shimcha materiallar tarqatildi.

_