Tasdiqlangan tarmoqli reja asosida Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlik doirasida navbatdagi seminar o‘tkazildi.

23.05.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-221-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 – 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiyaga muvofiq oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish va «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida imzolangan bitimning 2.1.5- bandlariga asosan yurtimizda intellektual mulk sohasini rivojlantirish, xalq orasida yanada keng yoyish, huquqiy savodxonlik va xabardorlikni oshirish maqsadida joriy yilning 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘limi bosh maslahatchisi B.Abbasov hamda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi B.Mustafaqulovlar ishtirokida Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazida navbatdagi davra suhbati tarzida seminar-trening o‘tkazildi.

Ushbu tadbir davomida respublikamizda intellektual mulk sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar va yangiliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Bu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad institut xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk sohasida malakasini oshirish, yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, tijoratlashtirishga ko‘maklashish, shuningdek, intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini oshirish, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari bilan bog‘liq amaliy yordamlar ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

_