Toshkent shahrining oliy ta’lim muassasalarida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

15.04.2024

Joriy yilning 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet va Toshkent davlat texnika universiteti TIQQMlari hamkorligida ushbu muassasalarda faoliyat olib borayotgan o‘zlarining intellektual mehnatlari mahsulini huquqiy muhofaza qilishdan manfaatdor ilm egalari va professor-o‘qituvchilar tarkibi uchun “Xorijiy patent tashkilotlari. Ixtirolar va foydali modellar uchun xorijiy patent olish afzalliklari va xususiyatlari”, “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” mavzularida o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Shu bilan birga, mazkur tashrifda so‘ngi yillarda Intellektual mulk sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilingan qarorlar haqida aytib o‘tildi. Xususan, hozirda amaldagi muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan huquq egalariga o‘z aqliy faoliyati mahsullarini tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash va EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari bo‘lim boshlig‘i R.Sagdullayeva, Ixtiro va foydali modellar bo‘limi yetakchi maslaxatchisi A.Xasanov va Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish bo‘limi bosh maslaxatchisi B.Kadirovalar ishtirok etdilar.

_