Respublikamizda Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari soni yana bittaga ko‘paydi.

15.04.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4965-son Qarori bilan tasdiqlangan intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qaratilgan dasturning tegishli bandiga asosan hududlarda sohaviy “fan — ta’lim — ishlab chiqarish” integratsiyalashuvini ixtirochilar, innovatorlar, biznes-jamoalar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlarga maxsus axborotlar bazalari, shuningdek boshqa axborot resurslaridan foydalanishni o‘rgatuvchi konferensiyalar, ta’lim seminarlari, trening va davra suhbatlarini o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi axborot maydonchalari yaratilishida TIQQMlar rolini oshirish belgilangan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-may kuni Buxoro innovatsiyalar universitetida navbatdagi 33-Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.T.Sagdullayev, Buxoro Adliya boshqarmasi boshlig‘i A.I.Raxmatov va universitet rektori D.I.Ro’ziyevalar boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Markaz direktori va universitet rektori tomonidan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.

Aytish joizki, Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirish maqsadida ishlanmalar mualliflariga patent ma’lumotlaridan foydalanish va patent tadqiqotlarini o‘tkazish hamda o‘z ishlanmalarini tijoratlashtirish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirilishida xizmat qiladi.

_