Buxoro viloyatidagi bir qator oliy ta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgan Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarida intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminarlar o‘tkazildi.

14.04.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-221-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 – 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiyaga muvofiq Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish va «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi hamda institut o‘rtasida imzolangan bitimning 2.1.5- bandlariga asosan joriy yilning 13-14-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Tovar belgilari, tovar kelib chiqgan joy nomlari va xizmat ko‘rsatish belgilari bo‘limi boshlig‘i S.Abdullayev, Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘limi bosh maslahatchisi B.Abbasov hamda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi Sh.Jo‘raevlar istirokidagi delegatsiya tomonidan Buxoro viloyatidagi Buxoro davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti xamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutlarida davra suhbati tarzida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida muassasa professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy ish bilan shug‘ullanuvchilarning intellektual faoliyat natijalarini huquqiy muhofaza qilish, muhofaza hujjati – patentning mohiyati va ahamiyati, Markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar berildi. Bundan tashqari, ishtirokchilarning o‘z tarmog‘ida mavjud muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalari ham muhokama qilindi.

_