Buxoro viloyatida intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

13.04.2024

Intellektual mulk sohasi keng qamrovli, bunda turli fan va soha ekspertlari, olimlar, muharrir va fikr liderlari faoliyat ko'rsatadilar. Bu soha ilmiy tadqiqotlarni, ma'rifatning rivojlanishini va o‘z-o‘zini yangilashni o‘z ichiga oladi. Ayni paytda, intellektual mulk sohasi, madaniyat, taraqqiyot va global integratsiya jarayonlariga ega bo'lgan yangiliklar, texnologiyalar va ma'rifatni o'rganishni ham qamrab olgan.

Joriy yilning 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Tovar belgilari, tovar kelib chiqgan joy nomlari va xizmat ko‘rsatish belgilari bo‘limi boshlig‘i S.Abdullayev , Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘limi bosh maslahatchisi B.Abbasov hamda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi Sh.Jo‘raevlar ishtirokida Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu sayyor qabulda tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor shaxslar, mualliflar, hammualliflar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan o‘z faoliyatlari jarayonidagi mavjud muuammolar bo‘yicha berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Shuningdek, intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini oshirish, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari bilan bog‘liq fikr va tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

_