Faxriylar doim e'zozda

07.04.2024

07.05.2024 yil sanasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Faxriylar doim e’zozda” mavzusida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbirga faxriylardan A.Tin, D. Po’latova, T. Moiseyeva, G. Kenjaoxunova, D. Yusupova taklif qilindilar. Ochiq muloqot shaklida o‘than davra suhbatida faxriylar o‘zlarining soha bo‘yicha to‘plagan tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shu bilan birga, faxriylarga Markaz tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim qilindi. Tadbir yakunida Muassasa xodimlari tomonidan faxriylar sha’niga iliq tilaklar aytib o‘tildi.

_