Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshida tashkil etilgan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazi bilan hamkorlik doirasida navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi

02.04.2024

Joriy yilning 2-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-221-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 – 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiyaga muvofiq Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish va «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi hamda institut o‘rtasida imzolangan bitimning 2.1.5-bandlariga asosan 2024-yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli rejasiga muvofiq hamda “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi ustaviga asosan intellektual mulk obyeklarini huquqiy muhofaza qilinishi yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish maqsadida Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida davra suhbati o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi hodimlari I.Abduqodirov, R.Sagdullayeva, B.Kadirovalar ishtirok etdilar. Shu bilan birga, mazkur tashrifda so‘ngi yillarda Intellektual mulk sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilingan qarorolar haqida aytib o‘tildi. Xususan, hozirda amaldagi muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan huquq egalariga o‘z aqliy faoliyati mahsullarini tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Tadbirlarda muassasaning ilmiy xodimlari, shuningdek doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etdilar va oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar.

_