Xorazm viloyati Adliya boshqarmasida sayyor qabul o‘tkazildi.

02.04.2024

Joriy yilning 2-aprel kuni “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Tashkiliy nazorat bo‘limi boshlig‘i E.Nishonov va Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘limi bosh maslahatchisi B.Abbasovlar boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida Xorazm viloyati Adliya boshqarmasida Intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq sayyor qabul o‘tkazildi.

Ushbu sayyor qabulda tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor shaxslar, mualliflar, hammualliflar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qatnashgan ishtirokchilarga intellektual mulk bilan bo‘liq faoliyatlari jarayonida muammo tug‘dirayotgan savollarga javob berildi. Shuningdek, intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini oshirish, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi. Shu bilan birga, mazkur tashrifda sohaga oid o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilingan qarorlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

_